Turkiya oliy ta’lim muassasalari vakillari Samarqandga keldi

Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumida ishtirok etish uchun Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga yetib keldi.

Delegatsiya tarkibida Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektori Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va yana 40 dan ortiq universitetlar vakillari bor.

Ertaga bo‘lishi kutilayotgan Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etiladi.