Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish huquqini beruvchi O‘zbekiston chempionati Samarqandda o‘tkazilmoqda

Samarqand viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida gandbol bo‘yicha mamlakat birinchiligi bahslari boshlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. E’tiborlisi, mazkur musobaqa oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishga kirish huquqini beradi.

     Chempionatda 10 ta jamoa ishtirok etib, A guruhida Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari hamda B guruhida Andijon, Namangan, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyati vakillari qatnashishmoqda.

     Birinchi kun o‘kazilgan o‘yinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatlari jamoasi o‘rtasidagi musobaqa 30:41, Namangan va Surxondaryo viloyatlari vakillari 38:39, Toshkent va Samarqand viloyatlari jamoalari 25:15 hamda Xorazm va Buxoro vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda 29:15 natijasi qayd etildi.

     Musobaqa 23 aprelga qadar davom etadi.