Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“One Million Uzbek Coders” loyihasi Narpayda joriy etildi

Xabaringiz bor, birinchi marotaba dasturchilarni masofaviy o‘qitish loyihasi Birlashgan Arab Amirliklarida “One Million Arab Coders” nomi bilan start olgan. Prezidentimizning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida bir qator sohalar kabi axborot texnologiyalari sohasida ham hamkorlik kelishuvlariga erishilgandi. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati loyihani O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, konsepsiya adaptatsiyasi rejasini ishlab chiqdi va “One Million Uzbek Coders” deb nomlangan loyihani yo‘lga qo‘ydi.

Ushbu o‘quv portali orqali bepul, onlayn o‘quv mashg‘ulotlari faoliyat olib bormoqda. Loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali o‘qituvchi va iqtidorli talabalari tumanlardagi maktablarni tanishib, amaliy yordam ko‘rsatish ustida ish olib bormoqda. Xususan, Narpay tumaniga qarashli 1, 6, 7, 9, 10, 21-umumiy o‘rta ta’lim maktablari vaziyat chuqur tahlil qilindi, master-treninglar o‘tkazildi va chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Mazkur mashg‘ulotlarda to‘rtta eng kerakli mutaxassislik — Ma’lumotlarni tahlil qilish (Data Analysis), Android ilovalar (Android Programming), Veb-ilovalar va Dasturiy ta’minot ishlab chiqish (Frontend and Full-Stack Development) bo‘yicha o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan video-kurslar taqdim etilmoqda. Shuningdek, filialning professor-o‘qituvchilari hamda fakultet yuqori kurs talabalari o‘quvchilar uchun “Bir million dasturchi” loyihasiga jalb etish, o‘zlashtirish hamda bitiruvchi sertifikat olish bo‘yicha master-klass darslari o‘tdi. Targ‘ibot ishlari davomida 1500 ga yaqin maktab o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha ishtirok etdi va dastlabki bilim ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.