Oqdaryoda daydi itlar ko‘payib boryapti. Ularni ovlovchi idora bormi?

Bugungi kunda Oqdaryoning nafaqat qishloqlarida, balki tuman markazida ham odamlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan daydi itlar ko‘payib qolgan. Ayniqsa, Loyish shaharchasida egasiz itlar bemalol “sayr” qilib yuribdi. Itlarning tumanning qator korxona- tashkilot, muassasalar binolari atrofida ertalab va kechki paytlarda kuzatish mumkin.

Masalan, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosi yonida kuni-tun "poyloqchi"lik qilayotgan sayoq itlarning quturish yoki boshqa kasalliklarga chalinganmi yoki yo‘qligini hech kim bilmaydi. Mabodo biror kishini, ayniqsa, yosh bolalarni tishlab olsa nima bo‘ladi? Uning oqibati ayanchli-ku.

Egasiz itlarni ovlash bilan shug‘ullanuvchi tuman obodonlashtirish yoki veterinariya bo‘limlari bo‘lsa-da, bu holat ularni qiziqtirmaydi shekilli, negadir ular daydi itlarni nazorat qilishga shoshilmayapti. Yoki ularga yuqoridan ko‘rsatma kerakmikan? Yo itlarning biror yo‘lovchini tishlab, jarohatlashini kutyaptimi ular?

Xullas, Oqdaryoda egasiz, daydi itlarni ovlovchi tashkilotlar qachon o‘z vazifalarini bajarishga o‘tishadi? Bizni shu savol qiynaydi.

Bir guruh oqdaryolik fuqarolar.