Osiyo o‘yinlari: Hasanboy va Abdumalik yarim finalga yo‘l oldi
- 03.10.2023 17:16
- 46
- Sport
Bugun, 3 oktyabr kuni Osiyo o‘yinlarining o‘ninchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Boks bo‘yicha erkaklar terma jamoasi g‘alabali yurishini davom ettirmoqda. -51 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov chorak finalda pokistonlik Zohayb Rashidni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi. Endi u yarim finalda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Yana bir yarim final bahsida 57 kg vazn toifasida ringa ko‘tarilgan hamyurtimiz Abdumalik Halakovga filippinlik Karlo Paalam raqiblik qildi.
Abdumalik ham raqibini 5:0 hisobida mag‘lub qilib, yarim final yo‘llanmasi va bronza medalini naqd qildi. Endi Halakovga navbatdagi raqib KXDR vakili bo‘ladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bobur Vatanga intilur
- 1 soat avval
- Madaniyat
Ramazon rahmat, mag‘firat va najot oyi
- Bugun, 07:46
- Madaniyat
Uch elak haqida rivoyat
- Kecha, 17:52
- Mutolaa