Yosh kurashchilar Osiyo o‘yinlariga saralanmoqda
- 08.11.2024 15:38
- 54
- Sport
Samarqand shahridagi yakka kurash sport turlariga ixtisoslashgan sport matkabida 2008-2009 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 700 nafardan ziyod sportchi 10 ta vazn toifasida bellashmoqda.
Mazkur musobaqa milliy terma jamoaga hamda 2025 yilda Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga iste’dodli sportchilarni saralash imkonini beradi.
Bahslar 12 noyabrga qadar davom etadi.