O‘tgan yilda yuqumli kasalliklar kamaydi
O‘tgan yilda o‘tkir virusli gepatit kasalliklari 1602 taga kamaygan bo‘lib, o‘tkir ichak infeksiyasi kasalliklari, ayniqsa, bolalar orasida 1539 taga kamaydi.
Qorin tifi va infeksion mononukleoz kasalliklari keyingi 3 yilda umuman qayd qilinmadi. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida yuqumli kasalliklar tufayli o‘lim holati sezilarli darajada kamaydi.
Respirator kasalliklar 1484 taga, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari 386 taga, bolalar orasida raxit kasalligi va uning asoratlari 240 taga qadar kamaydi.
Aholi orasida skrining tadbirlari o‘tkazildi
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar (infarkt, insult, qandli diabet, surunkali nafas a’zolari kasalliklari) oldini olish bo‘yicha viloyatda 40 yoshdan oshgan 1 million 171 ming nafar fuqarolarning 936 ming nafarini (80 foiz) maxsus tekshiruvlar va savolnoma asosida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tadbirlari o‘tkazildi.
Sog‘lom turmush tarzi shifoxonalardan boshlandi
Viloyat aholisiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishda Sog‘liqni saqlash boshqarmasida maxsus bo‘lim tashkil etilib, haftaning har shanba kunlari shahar va tuman markazlaridagi istirohat bog‘larida davolash muassasalari jamoasi ishtirokida ommaviy yurish marafoni va gimnastika mashqlari o‘tkazilib kelinmoqda. Viloyatdagi barcha davolash muassasalarida bemorlar va xodimlar uchun 15 turdagi trenajyorlardan iborat sport maydonchalari tashkil etildi.
Dori vositalari bilan ta’minlash miqdori o‘sdi
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga joriy yilda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi uchun davlat byudjetidan 69 milliard 500 million so‘m ajratilib, 2018 yilda tasdiqlangan mablag‘ga nisbatan 15 foizga ko‘proq mablag‘ ajratilishi natijasida viloyatdagi tibbiyot muassasalarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash darajasi birmuncha o‘sdi.
Shundan qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalariga biriktirilgan har bir fuqaro hisobiga dori-darmon vositalari uchun 3135 so‘mdan mablag‘ rejalashtirilayotganligi sababli joriy yilda 10 milliard 11 million so‘m ajratilgan.
Bu o‘tgan yilga nisbatan 69 million so‘mga ortganligi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga bitta shifo-o‘rin kuniga 8544 so‘mdan mablag‘ ko‘zda tutilayotganligi tufayli joriy yilda ushbu muassasalarga 16 milliard 513 million so‘m belgilangan (bu miqdor o‘tgan yilga nisbatan 2 milliard 898 million so‘mga ko‘paygan).
54 ta yangi xususiy klinika ochildi
2019 yil yakuniga yangidan tashkil etilishi rejalashtirilgan 7 ta xususiy korxona o‘rniga 2019 yilda 54 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etilib, ularning soni 453 taga yetdi.
2019 yil yakunida 10 ta xususiy korxona faoliyati kengaytirildi. Shundan 364 tasi ambulator va 89 tasi statsionar sharoitda 30 turdagi ixtisosliklar bo‘yicha aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
35 mamlakat fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatildi
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida dunyoning 35 mamlakatidan tashrif buyurgan 1800 dan ortiq xorijiy mehmonlarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Ularning 346 nafari terapiya, 173 nafari nevrologiya, 163 nafari travmatologiya va ortopediya, 139 nafari onkologiya, 92 nafari xirurgiya, 76 nafari endokrinologiya, 76 nafari akusher-ginekologiya, 57 nafari urologiya, 36 nafari kardiologiya, 36 nafari stomatologiya, 16 nafari qon tomir xirurgiyasi sohalari bo‘yicha davolanib ketishga erishdi.
Elektron poliklinikalar to‘liq ishga tushdi
Yagona elektron ruyxatga olish va internet tarmog‘i orqali shifokor qabuliga yozilish “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimi viloyatdagi barcha tuman (shahar) markaziy poliklinikalari (16 ta) va shahar oilaviy poliklinikalariga (11 ta) joriy etilgan. Bugunga qadar 875 mingdan ortiq axolining “Tibbiy karta” ma’lumotlari elektron bazaga kiritilgan. Fuqarolar masofadan internet tarmog‘i orqali shifokor qabuliga navbat olish imkoni va poliklinikalarga murojaat etganda elektron navbatga qo‘yish yo‘lga qo‘yilgan.