OTMlarning bakalavriat bosqichi uchun test natijasidan norozi abituriyentlar 27 avgustgacha apellyasiyaga ariza berishlari mumkin

Bu haqda Bilimni va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn ariza berishlari mumkin.

Abituriyent apellyasiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. Apellyasiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Shuningdek, abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish esa 2024 yil 22 avgustdan boshlanadi.