“Ovozi Samarqand” gazetasi ijodiy jamoasi e’tirof etildi

Samarqand davlat universitetida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi va viloyat hokimligining nashri – “Ovozi Samarqand” gazetasi chop etila boshlaganining 30 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha o‘tkazilmoqda.
Anjumanda viloyat faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ziyolilar, gazetaning doimiy hamkorlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov anjuman ishtirokchilarini ushbu ayyom bilan qutlar ekan, odamlarga yangilik, ma’naviyat, mehr ulashayotgan gazeta faoliyatiga omad tiladi va hokimlik bosma nashrlarni doima qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
O‘zbekiston Qahramoni H.Normurodov, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari X.Salimov, Respublika “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri Sh.Vakilov gazeta xususidagi fikrlarini bildirdi.
Gulruh MO‘MINOVA.