“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: Nima uchun fikr bildirish yoki mulohaza qilish shart?
Mahallangizda, yaqinlaringiz orasida kambag‘allar bor. Ammo ularning holatini yaxshilashni o‘ylab ko‘rganmisiz? Tabiiyki, yo‘q.
Agar o‘ylaganingizda ham bunga chora topmagansiz. Hukumat esa nafaqat uni topyapti, balki kambag‘alikka tushish xavfi bo‘lganlarning ham daromadini oshirishni rejalashtiryapti.
Qandayligini bilmoqchi bo‘lsangiz, kelgusi 7 yilga mo‘ljallangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari bilan tanishing. U joriy yilning 31 iyulidan regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida muhokamaga qo‘yilgan.
Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, O‘zbekistonda kambag‘allikka tushish xavfi mavjud bo‘lgan 4,5 million aholi mavjud. Bu “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasida keltirilgan. Xususan, jon boshiga oylik daromadi 50 dollardan oshmaydigan aholi qatlamini, shu jumladan, 3 million yoshlarning mehnat qobiliyatini ishga solish orqali kambag‘allikdan olib chiqish belgilanmoqda.
Darvoqe, mazkur topshiriq ijrosi joriy yilning sentssabrida amalga oshirilarkan.
Xo‘sh, haliyam qaror loyihasi bilan tanishishga qaror qilmadingizmi?
Eslatib o‘tamiz, loyiha axborot asrida hech bo‘lmasa, xabardorlik uchun ham muhim. Zotan, unda strategiyamizning asosiy yo‘nalishlarini bilib olish va o‘rganish mumkin.
Qiziqib ko‘ring, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan tayyorlangan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida ilgari surilgan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari aks ettirilgan infografikalar jamlanmasi sizni befarq qoldirmaydi.
Birgina misol, “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishida 44 ta maqsad rejalashtirilyapti. Qiziqmasmi?
Aholining o‘rtacha umr davomiyligini 78 yoshga yetkazish qanday amalga oshirilishi-chi?
Fikr-mulohazalarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz orqali joriy yilning 9 avgustigacha jo‘natish mumkin.