O‘zbekiston Hindistonga Pokistonning "Karachi" porti orqali birinchi yukni jo‘natdi

Pokistonning "Karachi" porti ilk bor eksport uchun O‘zbekistondan tranzit yuk jo‘natdi. Avval yuk quruqlikdagi transport orqali "Karachi" portiga yetkazilib, so‘ngra Hindistonga yo‘l oldi.

Qayd etilishicha, port uchun bu “muhim bosqich” va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib, Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Pokiston O‘zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi. 2022 yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natgan.