O‘zbekiston kubogi musobaqasida samarqandliklar 22 ta medalni qo‘lga kiritdi
- 09.09.2019 18:22
- 93
- Sport
Samarqand eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahri jamoalarining 300 nafardan ortiq sportchisi bellashdi.
Kubok bahslarida medallar jamg‘arish bo‘yicha toshkentliklarning qo‘li baland keldi. Ikkinchi o‘rin 8 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamg‘argan mezbonlarga nasib etdi.
Samarqand tumanida yashovchi opa-singil Mafiza va Munavvar Akbarovalar bittadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritib, musobaqaning eng yaxshi ishtirokchilari, deb topildi.
Musobaqa doirasida tashkil etilgan parakanoechilar bahsida samarqandlik yosh qayiqchilarga teng keladigani topilmadi.
Husan ELTOYeV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa