Osiyo chempionati: Ikkinchi kun ham yuqori notada yakunlandi

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham nihoyasiga yetdi.

Kecha kechki dasturda 500 metr masofaga kechgan final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda startga chiqqan hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘ardi.

Oltin medal:
K1 500 metr: Denis Onufriyev (U23)
S1 500 metr: Vladlen Denisov (U23)
XS 500 metr: Rustamjon Xolmamadov, Shohsanam Sherzodova (U18)
K4 500 metr: Samandar Haydarov, Sherzod Hakimjonov, Lochinbek Esonaliyev, Ozodjon Amriddinov (U23)
XK 2 500 metr: Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev, Shahrizoda Mavlonova (U18)

Kumush medal:
K1 500 metr: Abdulloh Komilov (U18)
XK2 500 metr: Sherzod Hakimjonov, Olga Zelinskaya (U23)
K4 500 metr: Malika Sultonova, Adelya Sayfullina, Violetta Kartavix, Gulshoda G‘anijonova (U18)

Bronza medal:
S1 500 metr: Rustamjon Xolmamadov (U18)