Xushxabar: toyloqlik sportchilar Osiyo chempioni
- 26.10.2019 14:30
- 207
- Sport
Ayni paytda Janubiy Koreyada sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari ham faol ishtirok etmoqda. Chempionatning bugungi kunigacha toyloqlik 9 nafar sportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati o‘quvchilari 2019 yil davomida jahon chempionatlarida qatnashib, 3 ta bronza, Osiyo chempionatlarida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza, xalqaro turnirlarda 4 ta oltin, 5 ta bronza, respublika musobaqalarida 124 ta oltin, 108 ta kumush, 125 ta bronza, respublika turnirlarida 6 ta oltin, 21 ta kumush, 42 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
To‘lqin SIDDIQOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
A’lochi o‘quvchilarga bepul yo‘llanma beriladi
- Kecha, 15:00
- Samarqand
Hayit xayr-baraka, ma’naviy yuksalish bayrami
- Kecha, 12:31
- Jamiyat