Samarqandlik eshkak eshuvchilar Osiyo chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xabar qilganimizdek, 25-30 aprel kunlari Camarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18, U23 yosh toifalari hamda parakanoe yo‘nalishida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda O‘zbekiston, Hindiston, Eron, Iroq, Tailand, Qozog‘iston, Tojikiston, Indoneziya, Qirg‘iziston kabi Osiyoning 11 mamlakatidan 400 nafar sportchi qit’a chempionligi uchun bahs olib bordi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi U18 va U23 yosh toifalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sportchilarimiz mazkur yo‘nalishda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallariga ega chiqdi. Paralimpiyachilar esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi.
Samarqandlik eshkak eshuvchilar mazkur chempionatda 11 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.