O‘zbekistonda poliomiyelit va o‘tkir shol falajining faol epidemiologik kuzatuvi kuchaytirildi

Tojikistonda xavfli poliomiyelit kasalligi tarqalgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekistonga chetdan yovvoyi poliovirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida poliomiyelit va o‘tkir shol falajining faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirish maqsadida zarur choralar amalga oshirilmoqda.

Bu haqda Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, respublika hududiga chetdan yovvoyi poliovirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida barcha sog‘liqni saqlash muassasalari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlpigi xizmatining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari xabardor qilinib, poliomiyelit va o‘tkir shol falajining faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlagi xizmati tomonidan respublikada poliomiyelit kasalligining oldini olish va tarqalishiga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar JSST tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Respublikada poliomiyelit kasalligi uchramaydi, lekin chet davlatlardan kirib kelgan shaxslar mahalliy aholiga yuqtirishi mumkin. Bugungi kunda Tojikiston va Afg‘onistonda poliomiyelit kasalligi aniqlanmoqda. Ushbu davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolarning kirib-chiqishi uchun sharoitlar yaratilgan.

O‘tkir paralitik falajni nazorat qilish bo‘yicha epidemiologik vaziyatni o‘rganish uchun Surxondaryo viloyatiga mutaxassislar safari uyushtirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston davlat chegarasining sanitariya nazorati punktlarida va davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkir shol falajining faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirishni tashkil etish va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashga tayyorlash bo‘yicha amaliy va maslahat yordami ko‘rsatildi. Surxondaryo viloyati hududida yovvoyi poliovirusning ikkinchi turi tarqalishining oldini olish maqsadida 10–20 mart kunlari 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ommaviy emlash o‘tkazildi.