«O‘zbekistonga sayohat qil» lotereyasi g‘olibi Samarqandda

Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) rezidenti Artur Igorevich tasodif bilan «O‘zbekistonga sayohat qil» lotereyasida g‘olib bo‘lib, yurtimizning sayyohlik shaharlari bilan tanishish imkonini qo‘lga kiritgan edi.

14-15 cyentabr kunlari lotereya g‘olibi rafiqasi bilan birgalikda Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Ularning birinchi tashrif maskani Amir Temur maqbarasi bo‘lib, shundan so‘ng Registon maydoni va Bibixonim masjidini tomosha qilishdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mehmonlar shaharning ko‘p asrlik tarixi va ma’naviy boyligidan hayratga tushdi. Milliy taomlarimizning turfa xilligi va o‘ziga xosligi unutilmas taassurot qoldirdi. Safarining ikkinchi kuni Artur rafiqasi Mariya bilan birgalikda Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda me’moriy majmuasin ziyorat qildi.

Ma’lumot uchun, lotereya O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rasmiy delegatsiyasi tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.