O‘zbekistonlik qizlar stratosferaga nanoyo‘ldosh uchirdi

8 may kuni O‘zbekistonning turli hududlaridan UniSat dasturi ishtirokchilari bo‘lgan 20 nafardan ortiq qizlar stratosferaga o‘zlari yasagan zamonaviy nanoyo‘ldoshni uchirdilar.

Navoiy viloyati o‘zining mos landshafti, undagi ko‘plab innovatsion va texnologik loyihalar amalga oshirilayotgani tufayli uchirish maydoni sifatida tanlandi. Nanoyo‘ldoshlar Aeronavigatsiya xizmati mutaxassislari nazorati ostida uchirilib, nanoyo‘ldosh stratosferada taxminan 2 soat bo‘lib, 11,6 kilometr balandlikka ko‘tarildi.

UNICEF, Tech4Impact NNT va Innovatsion rivojlanish vazirligi barcha qizlarni kelajak haqidagi orzulariga erishish uchun raqamli imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlamoqda.