3 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadagi mushtlashuv natijasida og‘ir tan jarohati olishdi

Mamlakatimizning Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019 yilning 16 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanida sodir bo‘lgan bir guruh shaxslar mushtlashuvi natijasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari travmatik quroldan jarohatlangan.
Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Ulardan biri I.I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga joylashtirilgan. Sog‘ligi holati o‘rta darajada og‘ir deb baholanmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
Bosh konsulxona tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.