O‘zbekistonning 70 nafar akademigi ko‘magida yozilgan qomus
- 02.12.2020 16:45
- 266
- Qonun va hujjatlar
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”ning yaratilish tarixi haqida to‘liqroq ma’lumot bersangiz.
Ne’matulla XOLIQOV,
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani.
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 4 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish to‘g‘risida”gi hamda 1997 yil 20 martdagi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari asosida yurtimizda 11 ta ilmiy tahririyat tashkil etildi, 200 nafar olimdan iborat 23 ta jamoatchilik Kengashi tuzildi.
Mavjud 12 ta jildli ensiklopediyani nashr etishda 70 nafar akademik, 200 nafar fan doktori, 5 ming nafar soha va tarmoq mualliflari ishtirok etdi. 12 jildli mazkur kitobga 9 mingta bezakli material (xarita, chizma va rasmlar), 50 mingta maqola kiritilgan.
Shuning uchun 2005 va 2006 yillarda Moskvada o‘tkazilgan Xalqaro kitob ko‘rgazmasida ushbu ensiklopediya maxsus diplomga sazovor bo‘ldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa