Oziq-ovqat mahsulotlarning rangi inson tanasiga ta’sir qiladimi?
Mutaxassislar bu savolga "ha" deb javob berishadi. Quyida ayrim mahsulotlarning rangiga qarab inson tanasiga ta’siri bilan tanishamiz:
1️⃣ Oq rangli mahsulotlar - sut va sut mahsulotlari, guruch, sarimsoq, oq karam - tinchlantiradi, asabiylik taranglikni yo‘qotadi va buyraklar orqali zaharli moddalarni chiqarib tashlaydi.
2️⃣Yashil rangli oziq-ovqatlar (brokkoli, salat barglari, ko‘katlar, yashil no‘xat, yashil qalampir, bodring) miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va asabiy taranglikni yengillashtiradi.
3️⃣ Sariq rangli mahsulotlar (limon, ananas, banan, makkajo‘xori, sariq pishloq va tuxum sarig‘i) ovqat hazm bo‘lishini rag‘batlantiradi, ishtahani yaxshilaydi va qonni tozalashga yordam beradi.
4️⃣ To‘q sariq rangli meva va sabzavotlar (sabzi, o‘rik, shaftoli, mandarin va apelsin) asab hujayralarini tiklashga yordam beradi, kayfiyatni yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi, shuningdek, buyraklar orqali zaharli moddalarni chiqarib tashlashga yordam beradi.
5️⃣ Qizil rangli sabzavotlar (lavlagi, qizil qalampir, pomidor va qulupnay) modda almashinuvini tezlashtiradi, shuningdek, qon aylanishini yaxshilaydi.
6️⃣ Ko‘kimtir rangli sabzavotlar (baqlajon, qora uzum, olxo‘ri) qon tomirlarini himoya qiluvchi «antotsin» moddasini o‘z ichiga oladi.