Ozoda Ahmedova “Yagonasan, muqaddas vatan!” tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi

Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 50 nafardan ortiq ijrochi o‘zlarining vatan, istiqlol va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i B.Sharopov va boshqalar an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanni madh etuvchi yuksak badiiy qo‘shiqlar yaratilishini rag‘batlantirish, yangi iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Tanlovning yakuniy natijalarga ko‘ra, viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari xonandasi Ozoda Ahmedova g‘olib deb topilgan bo‘lsa, Toyloq tumanidan Sanjar Rasulov, Kattaqo‘rg‘on shahridan Malika Akmaljonova va Shahboz Izzatov ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Uchinchi o‘rinni nurobodlik Valeriya Xarlamova, Past Darg‘om tumanidan Sardorbek Abduvahobov va Samarqand shahridan “Trivokal” guruhi a’zolari egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.