Parij-2024 litsenziatlari: Samarqand polvoni Sardor Nurillayev Parijda yurtimiz sharafini himoya qiladi
Xabar berganimizdek, Parijda o‘tkaziladigan yozgi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilarimiz va ularning erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlar berishda davom etamiz.
Sardor Nurillayev 1994 yil 12 noyabr kuni Samarqandda tavallud topgan. 2015 yildan O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik davrida unga Kemran Nurillayev murabbiylik qilmoqda. Hamyurtimiz Gran-pri turnirlarida 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza, Osiyo chempionatlarida 1 tadan oltin va bronza, «Katta dubulg‘a» tasnifidagi musobaqalarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan.
Shuningdek, uning kolleksiyasida 2021 yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda qo‘lga kiritilgan bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlarining kumush medali ham mavjud. Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.
Nurillayev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan Olimpiada reytingiga ko‘ra -66 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.