Past Darg‘omda noqonuniy egallangan yerdagi to‘siq buzildi
Majburiy ijro byurosi Past Darg‘om tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudining 2024 yil 15 martdagi ijro varaqasi kelib tushdi.
Unga asosan javobgar X.N. tomonidan Mang‘itobod mahalla hududidan o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda egallagan 140 kv. metr yer maydoniga da’vogar J.Xni kiritib qo‘yish belgilangan.
Ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor noqonuniy egallab olingan maydonni bo‘shatib bermagan.
Ijro harakatlari davomida bo‘lim tomonidan mazkur ijro varaqada belgilangan noqonuniy egallangan maydondagi to‘siqlarni majburiy tartibda buzdirilishi va qarzdorning zimmasiga ushbu o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini oldingi holatga keltirish majburiyati yuklatilishi ta’minlandi.