Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omdagi manzil-koloniya mahkumlari o‘rtasidagi janjal fojia bilan yakunlandi

Hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, voqea 6 dekabr kuni soat 18:20 larda Pastdarg‘om tumanidagi 37-son manzil-koloniyasiga qarashli dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan yer maydonida sodir bo‘lgan. Mazkur muassasada jazo muddatini o‘tayotgan bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan mahkum B.Q. o‘zaro janjallashish oqibatida mahkum U.E. ga tan jarohatlari yetkazgan va natijada mahkum U.E. olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda mazkur holat prokuratura organlari nazoratiga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi

IIV huzuridagi JIED xabarida.