Paxtachidagi "samosud" bo‘yicha IIB munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bozor nazoratchisi yoshi katta erkakni "samosud" qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 3 mart kuni Paxtachi tumani Tadbirkor mahallasida joylashgan dehqon bozorida Narpay tumani Tepa mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan X.K. hamda Paxtachi tumani Qora tepa mahallasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan X.D. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Holatga bozor nazoratchisi aralashib, ularni ajratib, IIB xodimlariga xabar bergan.
Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari borib, fuqarolar IIB binosiga olib kelingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur holatda nazoratchining hatti-harakatlarini ham keskin qoralamoqda. Hozircha uning harakatlariga huquqiy baho berish-bermaslik bo‘yicha aniq xulosa bildirilmagan.