Payariq tumani sudi 6 nafar mahkumni muddatidan oldin jazodan ozod qildi
- 27.05.2020 17:50
- 193
- Samarqand
Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudi tuman IIB probatsiya bo‘limining 6 nafar mahkumni tayinlangan jazodan tegishli xulosa chiqarib olgani va tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan muddatidan oldin jazodan ozod qilish haqidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudi raisi Sh.Sharipovning Zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan jazo muddatidan o‘ziga tegishli xulosa chiqargan, shuningdek, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, o‘talmagan jazo muddatidan ilgari ozod qilinishi nazarda tutilgan.
Shundan kelib chiqib, ichki ishlar organi probatsiya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan 6 nafar mahkum o‘talmagan axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazolaridan muddatidan ilgari ozod qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa