Payariqda 190 nafar o‘quvchi maktabni oltin va kumush medal bilan tamomladia
- 20.06.2024 16:53
- 109
- Ta’lim
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali bugun Payariq tumanida o‘tkazildi. Festival doirasidagi tadbirlardan birida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilardan 190 nafariga oltin va kumush medallar tantanali topshirildi.
- Keyingi paytlarda avvalo, ota-onam va ustozlarimning berayotgan ta’lim-tarbiyasi, qolaversa o‘zimning harakatlarim natijasida qator yutuqlarni qo‘lga kiritdim, - deydi tumandagi 6-maktab bitiruvchisi Rayhona Tohirova. – Ingliz tilini qunt bilan o‘rganishim natijasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lib, maktabni bitirmasimdanoq, muddatdan oldin horijdagi nufuzli 5 ta oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdim. Bugun ham men uchun unutilmas kun bo‘ldi. Yoshlar kuni oldidan o‘tkazilayotgan festivalda menga oltin medal tantanali topshirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa