Payariqning olis qishloqlaridagi maktablarda ahvol qanday?

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva Payariq tumani Nakurt mahallasida joylashgan 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati, to‘garaklar jarayoni, isitish holatlari bilan tanishdi.

Shuningdek, maktabda o‘quvchilarga 42 yil ta’lim-tarbiya berib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan Mustafo Avazov xonadonida bo‘ldi.

Z.Shodiyeva faxriy pedagogning o‘quvchilarning mukammal bilim olish va kasb-hunarga qiziqishlarini oshirishdagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv so‘ngida M.Avazovga sovg‘a ulashdi.

Boshqarma boshlig‘i joriy yilda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘lib, bu yerda kechayotgan qurilish ishlarining nechog‘li  sifatli bajarilayotgani bilan qiziqdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.