Pokiston Hindistonga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi

Pokiston bugun, 10 may kuni ertalab “Banyan-ul-Marsus” (“Kuchli mamlakat”) keng ko‘lamli harbiy operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Buni “Hindiston tajovuziga javob" deb atadi.
Pokiston rasmiylarining ma’lum qilishicha, zarbalar boshqa narsalar qatorida Hindiston tomonidan boshqariladigan Kashmirdagi Udhampur va Panjob shtatidagi Pathankotdagi havo bazalari, shuningdek, Beasdagi "BraMos" tovushdan tez uchuvchi raketa ombori nishonga olingan.
Pokiston Hindistondagi kamida 11 ob’yektga hujum qilinganini da’vo qilmoqda.
Pokiston harbiy operatsiya haqida mamlakat qurolli kuchlari Hindistonni Pokistonning uchta harbiy havo bazasiga raketa zarbalari berganlikda ayblaganidan ko‘p o‘tmay e’lon qildi. Hindiston armiyasi Pokiston operatsiyasini “ochiq eskalatsiya” deb atadi. Ko‘p o‘tmay Hindiston harbiy voizi Pokistonning zarbalari Hindiston harbiy infratuzilmasiga hech qanday zarar yetkazmaganini ma’lum qildi.
Bugun Pokiston havo hududini vaqtincha yopgani ma’lum buldi.