Pokiston: masjiddagi terakt qurbonlari soni oshmoqda
- 31.01.2023 11:47
- 41
- Xorij
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda yuz bergan portlashda 72 dan ortiq kishi qurbon bo‘lgan, 157 dan ortiq kishi jarohatlangan. Masjidda odam ko‘p bo‘lgan vaqtda xudkush-terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirgan.
Portlash joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, mamlakatda taqiqlangan "Pokiston tolibon guruhi" hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Ular Pokistonda islom qonunlarini yanada kuchaytirish, qamoqdagi guruh a’zolarini ozod qilish va mamlakatning sobiq qabilaviy hududlarida harbiylar sonini kamaytirish uchun kurashmoqda.
Peshovarda favqulodda holat joriy qilgan.
Teglar:
Pokiston
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 22 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand