Politsiya Boliviyaning sobiq muvaqqat prezidentini terrorizmda ayblab hibsga oldi
Politsiya Boliviyaning sobiq prezidenti Janin Anesni hibsga oldi, dedi ichki ishlar vaziri Eduardo del-Kastilo.
"Boliviyaliklarga shuni ma’lum qilamanki, Janin Anes xonim hibsga olingan va hozirda politsiya qo‘lida", deb yozadi u Twitterda.
Anes terrorizmda, xiyonat va fitnada ayblanmoqda. Uning hibsga olinishi to‘g‘risida order Boliviya korrupsiyaga qarshi kurash prokurori Omar Alsides tomonidan berildi.
Boliviyadagi siyosiy inqiroz 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalarini sarhisob qilgandan so‘ng boshlandi. G‘alabani 14 yildan buyon prezident bo‘lib kelayotgan Evo Morales qo‘lga kiritgan edi. Bu natijani uning asosiy raqibi, muxolifat tomon nomzodi Karlos Mesa tan olmadi.
Katta noroziliklar fonida Morales yangi saylovlar e’lon qildi. Ammo bu vaziyatni barqarorlashtirmadi. Siyosiy inqiroz avj olgach, davlat rahbari bilan birga mamlakatning barcha yuqori rahbariyati ham iste’foga chiqishdi va Meksikadan siyosiy boshpana topishdi.
Boliviyada hukumatni vaqtincha muxolifat vakili, senatning ikkinchi vitse-spikeri Janin Anes egallab oldi. Konstitutsiyaviy sud vakolatlarni unga topshirish qonuniyligini tasdiqladi.