Prezident davlat xavfsizlik xizmati vakolatlari belgilandi

2019 yil 5 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozadi Norma.
Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga (PDXX) yurituvi unga taalluqli bo‘lgan ishlar bo‘yicha tergovoldi tekshiruvlarini hamda jinoyat belgilarini va ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, jinoyat ishi bo‘yicha dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash huquqi berildi. Xizmat xodimlari guvoh sifatida ishtirok eta olmaydilar. PDXX harbiy xizmatchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar harbiy sudlarda ko‘riladi.
Ushbu organning terrorizmga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari belgilandi:
terrorizmga qarshi kurashish sohasida | huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida |
|
|
PDXX binolarining old tomonida, majlislar zalida va uning raisining xizmat xonasida davlat bayrog‘i o‘rnatiladi va davlat gerbi joylashtiriladi. Rasmiy davlat ramzlari PDXX organlarining muhrlariga va hujjatlarining blankalariga tushiriladi.
Xizmat davlat mukofotlariga tavsiya etadi, uning raisi esa Prezident nomidan ularni topshiradi.
PDXXning harbiy yuklarini bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yig‘imni to‘lashdan ozod etiladi.
Qonun “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”da e’lon qilingan va 5.09.2019 yildan kuchga kirdi.