Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident farmoni bilan bir guruh ustoz-murabbiylar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi: Ularning orasida samarqandliklar ham bor

Mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi katta xizmatlari, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh ustoz-murabbiylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Ularning orasida samarqandliklar ham bor:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Mardonova Nigora Axatqulovna - Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi tarbiyachisi

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Rahmonova Husniya Usmonovna - Payariq tumanidagi «Happy Dreams House» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari

«Do‘stlik» ordeni bilan

Ro‘ziyeva Larisa Rahimovna - Samarqand shahridagi 1-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabi direktori

«Shuhrat» medali bilan

Saparova Dilshoda Adashevna - Toyloq tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi

Fuzailova Hulkar Ergashevna - Jomboy tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi.

Taqdirlanganlarni viloyat jamoatchiligi nomidan tabriklaymiz!