Pullar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar
Bir dollarlik kupyuradagi piramidada joylashtirilgan ko‘z nimani anglatadi? Yevrion burji-chi? Tanganing o‘yilgan qirrasi qanday nomlanadi? Keling, pullarning yaratilishi, sarflanishi, ulardagi belgi, suratlar va o‘lchamlar to‘g‘risidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Tangalarning o‘yilgan qirrasi o‘z nomiga ega va “gurt” deb nomlanadi
Bu so‘z nemis tilidan tarjima qilinib, “kamar” so‘zini anglatadi.
Britaniya kupyuralarining hajmi ularning nominal qiymatiga mos keladi
Britaniya pullari nominali oshgani sayin kattalashib boradi. Bu ko‘zi ojizlarning pullarni aniqlab olishlarini osonlashtirish uchun qilingan. Rossiyadagi kupyuralar ham bir-biridan biroz farq qiladi: 1000 rublgacha bo‘lgan pullar -150x65 mm., 1000 dan 5000 gacha – 157x69 mm. hajmda yasalgan.
Xitoyda bronza pichoqlar pul o‘rnini bosgan
Miloddan avvalgi 200-600 yillar oralig‘ida Chjou sulolasi davrida xaridlarga bronza pichoqlar bilan to‘lashgan.
Mayda pullar tezroq sarflanadi
Agar sizda do‘konga borish ehtiyoji tug‘ilsa, o‘zingiz bilan faqat katta pullarni oling. 2009 yildagi tajriba mayda pullar ko‘pincha istar-istamas maydalab olingan katta pulga qaraganda tezroq va osonroq sarflanishini ko‘rsatdi.
O‘zi katta pul ishlab topgan odamlar merosxo‘rlarga qaraganda o‘zlarini baxtliroq his qiladi
Tadqiqotga ko‘ra, kapitali 10 million AQSh dollari va undan ko‘p bo‘lgan odamlar 1 yoki 5 million dollarlik mablag‘ga ega bo‘lganlarga qaraganda ancha baxtli. Shuningdek, tadqiqotlar o‘z pullarini o‘zlari ishlab topgan kishilar meros olganlarga ko‘ra baxtliroq ekanliklarini ko‘rsatdi.
Bir dollarlik kupyuradigi piramidadagi ko‘z “ilohiy taqdir ko‘zi” deyiladi
Bir dollarlik kupyurada tasvirlangan piramidaning ko‘zi “ilohiy taqdir ko‘zi” deb nomlanib, Xudoning ilohiy himoyasi va rahm-shafqatini aks ettirgan. Bu belgidan Uyg‘onish davrdagi diniy san’atda foydalanish misollarini uchratish mumkin. Demak, u kamida yarim ming yillik tarixga ega.
AQShning 10 va 100 dollarlik banknotalarida tasvirlangan Aleksandr Hamilton va Benjamin Franklin hech qachon Amerika prezidentlari bo‘lmagan.
Muomalada bo‘lgan AQSh dollarlarining 5 foizidan ko‘prog‘ining sirtida kokain izlari bor.
“Yevrion burji” nima degani?
Bu takrorlanadigan besh halqali naqshlar ba’zi bir modelli nusxa ko‘chirish apparatlari halqalar orqali banknotalarni tanib, nusxa olmasligi uchun joylashtirilgan. Belgilar banknotaning ba’zi joylarida tarqalgan och yashil, to‘q sariq yoki sariq rangli kichik doiralarga o‘xshaydi. Agar qog‘ozda bu kabi himoya mavjud bo‘lsa, nusxa ko‘chirish moslamasi o‘chiriladi yoki varaqni qora rangga bo‘yab chop etadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.