Qarishni sekinlashtiradigan mahsulotlar

Pomidor

Pomidorlardagi qizil rang beradigan likopen pigmenti kuchli antioksidant hisoblanadi. Likopen tomirlardagi qon ivib qolishi va qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi hamda tomirlarni mustahkamlaydi.

Kakao va qora shokolad


Bu mahsulotlar kuchli antioksidant hisoblanadigan flavonollarni o‘z ichiga oladi.
Shokolad va kakao yallig‘lanishni yengillashtiradi, yurak-qon tomir patologiyalari va onkologiyaning ayrim turlari ehtimolini kamaytiradi.

Bodom

Bodom hujayralarni shikastlanishdan himoya qiluvchi, yoshlikni uzaytiruvchi va tamaki chekishning tanaga olib keladigan zararini kamaytiradigan antioksidant flavonoidlarni o‘z ichiga oladi. Qimmatli moddalarning eng ko‘p ulushi bodomning qobig‘i (po‘stlog‘i)da mavjud.