Qarz to‘lovi uchun savdo do‘koni sotildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 29 maydagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi D.S foydasiga 747 784 117 so‘m miqdorida sobiq “G” MChJga qarashli nizoli savdo do‘konidagi ulushlari bo‘yicha jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar pul kompensatsiya tarzida qarzdor D.R.dan undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati MIBning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, ijro harakatlariga kirishilgan. Shu vaqt davomida qarzdor to‘lovni amalga oshirishi zarurligi haqida bir necha marotaba ogohlantirilgan.
Ammo, javobgar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni o‘z vaqtida bartaraf etmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor D.R. davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat o‘tganligi sababli, unga tegishli bo‘lgan Samarqand shahar, Mustaqillik mahallasida joylashgan 7 378 887 ming so‘mga baholangan savdo do‘koni xatlangan va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan.
Elektron onlayn-auksion savdolarini tashkil etish markazi tomonidan 2024 yil 5 aprelda savdo bo‘lib o‘tgan va do‘konni xaridor "S.B.S" MCHJ 5 312 798 640 so‘mga sotib olgan.
Adham Narzullayev,
MIBning Samarqand viloyat boshqarmasi katta inspektori.