Qatag‘on qurbonlari merosi yanada chuqur o‘rganiladi

Yaqinda SamDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida «Inson aziz, xotirasi muqaddas» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A.Soliyev, Qatag‘on qurbonlari viloyat muzeyi direktori M.Muqimov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrda qabul qilingan «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini keng targ‘ib etish masalalari haqida so‘z yuritildi.