Qaysi davlat rahbarlari eng ko‘p maosh oladi?

Singapur bosh vaziri Li Syan Lun — jahon mamlakatlari liderlari orasida eng ko‘p maosh oluvchi. Unga 2018 yil davomida jami 1,7 million AQSh dollariga teng miqdorda ish haqi to‘langan. Bu haqda «Fineconomics» telegram-kanali xabar berdi.

Keyingi o‘rinda yillik 578,3 ming dollar maosh bilan Gonkong ma’muriyati kotibi Kerri Lam.

Avstraliya bosh vaziri (sobiq) Malkolm Tyornbullning yillik maoshi — 409,9 ming dollar.

Bu reytingda AQSh prezidenti Donald Tramp beshinchi (yiliga 400 ming dollar), Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo oltinchi (yiliga 273,8 ming dollar) o‘rinda.