XDP vakili 5 kishilik oilaga 2,5 million so‘m oylik yetarli degan gapga izoh berdi
- 14.11.2019 10:40
- 563
- O‘zbekiston
XDP partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov 10 noyabr kuni Toshkentda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan «Demokratik debat»da Toshkentda 2,5 million so‘m oylik oluvchi bir nafar boquvchi 5 kishidan iborat oilani boqishi mumkin, deb aytgandi.
Ulug‘bek Inoyatovning ushbu fikri ijtimoiy tarmoq foydalanavchilarining bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi sektor mudiri Ravshan Xomitov Xalqaro press-klubning Telegram-kanalida yuqoridagi fikrga izoh berdi.
«Bizning siyosiy partiyamiz rahbari, hurmatli Ulug‘bek Ilyosovich, 2,5 million pul 5 kishidan iborat oilaga yetadi degan fikrni bildirganida oilaning barcha xarajatlarini nazarda tutmagan. Balki faqat oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni nazarda tutgan edi», degan Ravshan Xomitov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
45 yoshdan keyingi hayot formulasi
- Bugun, 08:58
- Samarqand
Ibratli oila – bugunning qahramoni
- 15/05, 17:33
- Samarqand
Eng omadsiz odamlar
- 15/05, 16:10
- O'qing, qiziq!