Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhiga rahbar saylandi

O‘zXDP Samarqand viloyati Kengashi tomonidan partiya hududiy tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlar, saylangan deputatlardan guruh rahbarini saylash hamda saylovoldi dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlariga oid seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda deputatlik so‘rovi davrida masalalarni atroflicha o‘rganish va muhokama qilish lozimligi qayd etildi. Joylarda fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarning yechimini topish va ularga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni davlat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirishda partiya ishtirokini kuchaytirish muhim masala ekani aytib o‘tildi.

Mutaxassislar tomonidan fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish bilan bir qatorda, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Zaynab Berdiyeva xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari etib saylandi.

Seminarda mavzular erkin suhbat, munozara shaklida tushuntirildi. Ishtirokchilar dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda bahsli muloqotga kirishib, partiya viloyat Kengashi va deputatlik guruhining faoliyat rejasini belgilab olishdi.

XDP viloyat Kengashi axborot xizmati.