O‘zbekistonda eng yuqori maosh kimlarga to‘lanadi?
- 09.10.2019 14:48
- 2542
- Iqtisodiyot

Toshkent shahridagi eng yuqori ish haqi axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga — dasturchilar, ishlab chiquvchilar va WEB muhandislariga taklif etilmoqda, deb yozmoqda Spot.
Qayd etilishicha, sentyabr oyi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga 5000 dollargacha maosh taklif qilingan.
ASP.NET dasturchisiga 1 000 dollardan 2 000 dollargacha, Java (back-end) dasturchisiga 1 000 dollardan 2 000 dollargacha, Team Lead - 2 000 $ dan, Lead Java Developer – 2 000 $dan 3 000 $gacha, Data Design Lead - 2 000 dollardan 5 000 dollargacha miqdorda ish haqi taklif qilinmoqda.
Nashr ma’lumotlariga qaraganda, shunga qaramasdan, O‘zbekiston bozorida bunday mutaxassislarni topish juda qiyin va bu vazifa yil sayin murakkablashmoqda.