Qaysi tumanning chakana savdo aylanmasi yuqori?
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulush Samarqand shahrida bo‘lib, jamiga nisbatan 40,7 foizni yoki 5 356,1 milliard so‘mni tashkil etdi.
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng past ulush Paxtachi tumanida 2 foiz yoki 259,9 milliard so‘mni ko‘rsatmoqda.
Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy yil yanvar-oktyabr oylarida 10 223 milliard so‘mni tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga kamaygan. Jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulush esa 77,6 foizni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,8 foiz), Jomboy (99,1 foiz), Nurobod (99 foiz), Kattaqo‘rg‘on (98,8 foiz), Ishtixon (98,9 foiz), Narpay (98,8 foiz), Qo‘shrabot (98,9 foiz) va Payariq (98,6 foiz) tumanlarida yuqori bo‘lgan.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes sub’yektlariga to‘g‘ri keldi. 2020 yil yanvar-oktyabr oylarida 4 260,2 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 93,8 foizni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 73,9 foizni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, yuqori ulush Samarqand (99,9 foiz), Urgut (99,8 foiz), Oqdaryo (99,7 foiz), Kattaqo‘rg‘on (99,7 foiz) tumanlarida va Kattaqo‘rg‘on shahrida (99,7 foiz) bo‘lgan.
Eng past ulush esa Past Darg‘om (33,4 foiz) tumaniga to‘g‘ri keldi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.