Viloyatning chakana savdo aylanmasi 2 trilliondan oshdi

Viloyat bo‘yicha joriy yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo aylanmasi 2 trillion 646 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,7 foizga o‘sdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining chakana tovar aylanmasi hajmi 2 trillion 328 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,9 foizni tashkil qildi. Viloyat bo‘yicha ushbu sektorning chakana tovar aylanmasidagi ulushi 88,0 foizga yetdi.

Aholi jon boshiga chakana savdo ko‘rsatkichi 695,2 ming. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,3 foizga ko‘paygan.