Chakana savdo tovar aylanmasi qaysi tumanda yuqori?
- 01.01.2020 12:52
- 150
- Iqtisodiyot

Joriy yilning 11 oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 11 994,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1374,2 milliard so‘mni (o‘sish sur’ati 135 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 10 620,4 milliard so‘mni (o‘sish sur’ati 103 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1532 milliard so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilga nisbatan viloyatning barcha hududlarida o‘sish kuzatildi. Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar, Jomboy, Narpay, Samarqand, Payariq va Qo‘shrabot tumanlarida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.
Teglar:
chakana savdo