Qirg‘izistonda parlament saylovlari boshlandi
2,5 mingga yaqin saylov uchastkasi ochildi, deb xabar berdi Markaziy saylov komissiyasi.
“Soat 8:00 da (Toshkent vaqti bilan 7:00) barcha saylov uchastkalari ochildi”, dedi MSK vakili.
Ovoz berishda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov allaqachon ishtirok etgan. MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilar guruhi koordinatori, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi Qutbidin Burxonov ta’kidlaganidek, saylov tinch o‘tmoqda, saylov kunigacha kuzatuvchilarga jiddiy shikoyatlar kelib tushmagan.
Avtomatik saylov qutilari hisobiga ko‘ra, saylov uchastkalarining qariyb 95 foizida ovoz berish tugaganidan keyin yaqin bir necha soat ichida natija ma’lum bo‘ladi. Biroq MSK yakuniy natijalarni faqat ovozlarni qo‘lda sanab chiqqandan keyingina e’lon qiladi.
Qirg‘iziston parlamentining yettinchi chaqiriq saylovlari ilk bor aralash tizim bo‘yicha o‘tkazilmoqda. 54 mandat uchun nomzodlar partiya ro‘yxati bo‘yicha, parlamentdagi yana 36 ta o‘rin uchun – bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha nomzodlar kurashmoqda. 2020 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan avvalgi saylovlar natijalari MSK tomonidan respublikada prezident Sooronbay Jeyenbekovning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan tartibsizliklar fonida bekor qilingan edi.