Qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta’tilida qanday hisoblanadi?

Xabaringiz bor, bu yil Prezident farmoni bilan bir necha sanalar dam olish kuni deb e’lon qilingan. Viloyat moliya bosh boshqarmasi yuridik bo‘lim boshlig‘i A.Narzikulov farmonda belgilangan dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini besh ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanishi qanday amalga oshirilishi haqda ma’lum berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi 35-son Farmoni ijrosi bo‘yicha 2022 yilda belgilangan dam olish kunlari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarning mehnat ta’tili, Farmonning 1-bandi “a” kichik bandi bo‘yicha 2022 yilda ish haftasining turidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan sanalar:

3 yanvar – dushanba;
22 mart – seshanba;
23 mart – chorshanba;
11 iyul – dushanba;
2 sentyabr – juma.

Mazkur Dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini besh ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Bunda har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, ya’ni ta’til uchun haq to‘liq ish kunlariga to‘lanadi va unga yuqorida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 17 martda 2985-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma"ning 1-bandida yo‘riqnomaning talablari byudjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiyligi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Byudjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun yo‘riqnomaning talablari tavsiyaviy xususiyatga ega deyilgan.

Shunda 2022 yilda xodimning mehnat ta’tilining birinchi kuni:
➖5 yanvardan 21 martgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati — 1 ish kuniga;
➖21 martdan 11 iyulgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati — 3 ish kuniga;
➖11 iyuldan 2 sentyabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati — 4 ish kuniga;
➖2 sentyabrdan 2022 yilning oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa xodimlarning mehnat ta’tili muddati — 5 ish kuniga kamayadi.

Mazkur yo‘riqnomaning 13-bandiga ko‘ra, Farmonga muvofiq qonunchilik hujjatlarida yoxud jamoa yoki mehnat shartnomalarida belgilangan xodimlar mehnat ta’tilining (shu jumladan, har yilgi qo‘shimcha ta’tilning) muddati:

➖ 18 ish kunini tashkil etsa — uch ish kuniga;
➖ 17 ish kunini tashkil etsa — ikki ish kuniga;
➖ 16 ish kunini tashkil etsa — bir ish kuniga kamaytiriladi.

Yo‘riqnomaning 2-bandida yo‘riqnoma talablari ijtimoiy ta’tillarga (homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarishlash, o‘qish bilan bog‘liq va ijodiy ta’tillarga), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 135-moddasi birinchi qismiga muvofiq,
➖ o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga
➖ ishlayotgan I va II guruh nogironlariga
yillik uzaytiriladigan asosiy ta’tillarga nisbatan tatbiq etilmasligi ham belgilab qo‘yilgan.

Albatta bir muhim qoidani unutmaslik kerakki, har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi tegishli ish kuniga qisqartirish hisobga olingan holda xodimning mehnat ta’tili o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.