Qo‘shrabotda 58 nafar ehtiyojmand oila vakillariga moddiy yordam va sertifikatlar tarqatildi
- 07.10.2021 16:02
- 103
- Samarqand
Qo‘shrabot tumanida “O‘zbekistonning chekka qishloq hududlarida pandemiya sharoitida qarorlar qabul qilishda aholining ehtiyojmand qatlami ishtirokini oshirish” loyihasining ikkinchi bosqich yakunlari bo‘yicha taqdimot qilindi.
Unda tumanning “Yuqori Jo‘sh” va “Toz” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining ehtiyojmand qatlamiga ijtimoiy ko‘mak berish borasida qilingan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
So‘ng, ushbu mahallalarda yashovchi 58 nafar ehtiyojmand oila vakillariga moddiy yordam tariqasida pul mablag‘i va sertifikatlar tarqatildi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan ushbu loyihani “Yuksalish” umummilliy harakati hamda “Taraqqiyot” aholi turmush tarzini rivojlantirish markazi muvofiqlashtirmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
QALAMGA SADOQATLI INSON
- 2 soat avval
- Mutolaa
Xantavirus qanday kasallik?
- Kecha, 10:07
- Salomatlik
Jurnalistikada tezkorlik muhimmi yoki haqiqat?
- 28/05, 20:58
- Jamiyat
To‘yga ko‘p kelgani yaxshimi yoki kim kelgani?
- 28/05, 11:48
- Mutolaa
Shohona satrlar sohibi Ubaydiy haqida bilasizmi?
- 28/05, 10:49
- Mutolaa