Qo‘shrabotda tarvuz pishdi
- 04.08.2020 14:45
- 766
- Samarqand
Qo‘shrabot tumanining lalmikor yerlarida tokzorlar barpo etilib, tok nihollari hosilga kirguncha oralariga poliz mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha tajriba to‘planmoqda.
Xususan, o‘tgan yili tumanning 7 gektar yeridagi toklar orasida qovun-tarvuz yetishtirilgan bo‘lsa, bu yil 20 dan ortiq fermer xo‘jaligi 25 gektar yer maydonida poliz mahsulotlari parvarishladi.
Shu kunlarda poliz maydonlarida tarvuzlar pishib yetildi. “Temirqo‘rg‘on”, “So‘g‘diyona”, “Nihol maysazori”, “Beshbola shamoli” kabi fermer xo‘jaliklari dalalarida yetishtirilgan hosil sotuvga chiqarilmoqda. Bu esa bozorlarimizdagi poliz mahsulotlarining arzonlashishini ta’minlamoqda.
To‘lqin SIDDIQOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qishloqdagi bir uchrashuv ko‘plab fikrlarga turtki berdi
- 22 daqiqa avval
- Mutolaa
Samarqandda suv chiqarish tizimi islohga muhtoj
- Kecha, 18:59
- Samarqand
Mushukni o‘limdan qutqargan qarg‘a
- Kecha, 16:02
- O'qing, qiziq!
Xitoy va KXDR yetakchilari nimalarni imzoladi?
- Kecha, 14:26
- Xorij