Qozog‘istonda prezidentlik uchun saylovlarda qatnashadigan ilk rasmiy nomzodning nomi aniq bo‘ldi
- 23.04.2019 09:55
- 269
- Xorij
"Uli Dala Kirandari" ("Orli velikoy stepi" rus. "Buyuk dala burgutlari",o‘zb.) Respublika jamoat harakati Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga o‘z rasmiy nomzodini ko‘rsatdi.
Sadibek Tugel - prezidentlik saylovida qatnashadigan birinchi rasmiy nomzod bo‘ldi va bu haqda Markaziy Saylov komissiyasiga uning hujjatlari topshirildi.
Bu haqda vesti.ru xabar berayapti.
Sadibek Tugel 64 yoshda. U ayni damda Milliy sport turlari federatsiyasi vitse-prezidenti, Kazanat jurnalining bosh muharriri va Yozuvchilar Milliy uyushmasining a’zosi hisoblanadi.
20 mart kuni kutilmaganda Qozog‘istonni salkam 30 yil boshqargan mamlakat prezidenti N. Nazarboyev iste’foga chiqishini e’lon qildi. Shundan so‘ng mamlakat rahbarligi vaqtinchalik parlament spikeni Qosim-Jo‘mart Toqayevga o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda prezidentlik saylovi 2019 yil, 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.